29.12.2025
7
MUMTOZ ASARLAR LEKSIKASINI MORFEMIK TAHLIL QILISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Muallif: Raximbayev, Musobek Komiljon oʻgʻli

Annotatsiya: Ushbu maqolada mumtoz o‘zbek adabiyotida leksik birliklarni morfemik tahlil qilish masalalari zamonaviy lingvistik va raqamli yondashuvlar asosida yoritiladi. Muhammad Rizo Ogahiy g‘azallaridagi arabcha, forscha va turkiy ildizli so‘zlarning tarkibiy tuzilishi, ildiz va affikslarning ma’no aloqalari, tasavvufiy semantik qatlamlar, shuningdek, ularning poetik kontekstdagi funksional vazifalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda tokenizatsiya, lemmatizatsiya, morfemik segmentatsiya, semantik modellashtirish kabi tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) texnologiyalari mumtoz matnlarga moslashtirilgan holda qo‘llanadi. Natijada Ogahiy tilidagi tarixiy morfologik jarayonlar, badiiy ma’no uzviyligi va diniy-estetik tasvirning ichki strukturalari ilmiy asosda qayta yoritiladi.

Kalit so'zlar: Ogahiy, mumtoz adabiyot, morfemika, ildiz, affiks, tasavvuf, semantik modellashtirish, lemmatizatsiya, NLP, korpus lingvistika.

Jurnaldagi sahifalar: 376 - 381

Yuklab olish