20.12.2021
343
MULTIMODAL USULIDA TASHISHLARNING MAMLAKAT VA MINTAQALAR RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI

Muallif: Ergashev, B., Samatov, G., Burxanov, J, Kodirov, J.

Annotatsiya: Iqtisodiy o‘sishning strategik muhim shartlaridan biri O‘zbekistonning doimiy rivojlanayotgan transport - logistika infratuzilmasidir. Hozirgi vaqtda bu yo‘nalishning rivojlanishi "2018 — 2022-yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo‘nalishlarini diversifikatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida" prezident farmoni tartibga soladi. Hozirda O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy yo‘nalishlari bu: - O‘zbekistoning iqtisodiyoti va transportini jahon iqtisodiy hududiga integratsiyasi; - Ishlab chiqarish va aholi turmush darajasining o‘sishi; - O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi xalqaro transport yo‘laklarini rekonstruksiya qilishni ko‘zda tutuvchi mamlakatning transport va terminal-ombor infratuzilmasini rivojlantirish. O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishining asosiy sharti - bu jahon savdosi, transport jarayonlarining globallashuvi va natijada yuklarni etkazib berish sxemalarining murakkablashuvi to‘g‘risida etarli tasavvurga ega bo‘lish uchun zarur bo‘lgan yuqori moslashuvchan xususiyatlarga ega bo‘lishdir. Shuningdek saqlash va tashish jarayonidagi xarajatlarni optimallashtirishdan iboratdir.

Kalit so'zlar: Piggyback transportation, infrastructure, terminals.

Yuklab olish