Muallif: Radjabov, Quvonchbek Mamatmoʻmin oʻgʻli; Joʻrayev, Akrom Namozovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Baxtiyor oila” asarida islom qadriyatlarining oila hayotidagi talqini ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Asarda oila inson hayotining muqaddas maskani, jamiyatning ma’naviy tayanchi sifatida talqin etiladi. Muallif Qur’on oyatlari va hadislar asosida er-xotin o’rtasidagi hurmat, sabr, mehr-oqibat, farzand tarbiyasi va axloqiy poklik kabi qadriyatlarning ahamiyatini chuqur yoritadi. Tadqiqotda diniy-ta’limiy, sotsiologik hamda matnshunoslik yondashuvlari asosida “Baxtiyor oila” asarining mazmuni tahlil qilinib, uning zamonaviy jamiyatdagi tarbiyaviy ahamiyati asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: Islom qadriyatlari, oila, dinshunoslik, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, Baxtiyor oila, Qur’on, hadis, axloq, ma’naviyat, farzand tarbiyasi, jamiyat, qadriyat.
Jurnaldagi sahifalar: 588 - 593