Muallif: Suyarov, Sherzod Alisherovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada tashkilotning asosiy moliyaviy ko'rsatkichlarini prognozlash va rejalashtirish yo'llarini takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan. Tadqiqotimizda moliyaviy ko'rsatkichlarni prognozlash va rejalashtirishning nazariy-metodologik asoslari o'rganilgan, xorijiy va mahalliy tajriba tahlil qilingan. Sho'rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining moliyaviy ko'rsatkichlari chuqur tahlil etilgan va baholangan. Korxonaning asosiy moliyaviy ko'rsatkichlarini prognozlash va rejalashtirish metodologiyasi ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijasida moliyaviy ko'rsatkichlarni prognozlash va rejalashtirishni takomillashtirish yo'nalishlari aniqlangan. Zamonaviy axborot texnologiyalari va sun'iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda prognozlash va rejalashtirish jarayonlarini avtomatlashtirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: moliyaviy ko'rsatkichlar, prognozlash, rejalashtirish, neft-gaz sanoati, moliyaviy tahlil, sun'iy intellekt, axborot texnologiyalari, moliyaviy barqarorlik, samaradorlik, strategik boshqaruv, risk-menejment, budjetlashtirish.
Jurnaldagi sahifalar: 398 - 407