19.05.2025
42
MILLIYATCHILIK NAZARIYALARI: GELLNER, HOBSBAWM VA SMITH QARASHLARINING QIYOSIY TAHLILI

Muallif: Azimov, Habibulloxon Yakubovich; Sobirova, Moxichexra Abduxalil qizi

Annotatsiya: Mazkur maqola milliyatchilik nazariyalarini Gellner, Hobsbawm va Smithning fikrlari asosida qiyosiy tahlil qilishni maqsad qiladi. Ernest Gellner milliyatchilikni zamonaviy sanoat jamiyatining zaruriyati sifatida ko‘rib, millat va millatchilikni sun’iy ijtimoiy konstruksiyalar deb ta’riflaydi. Erik Hobsbawm esa millatchilikni siyosiy konstruksiya sifatida talqin qilib, uni tarixiy va siyosiy jarayonlarning natijasi sifatida baholaydi. Anthony D. Smith esa millatlarni tarixiy va madaniy uzluksizlik bilan izohlab, millatchilikni qadimiy etnik guruhlar asosida shakllangan hodisa sifatida ko‘radi. Ushbu maqola Gellner va Hobsbawmning modernistik yondashuvlarini taqqoslaydi, shuningdek, Smithning primordialist va perennalist yondashuvlari bilan taqqoslab, milliyatchilikning turli ijtimoiy va siyosiy kontekstlarda qanday shakllanishini aniqlaydi. Tahlil natijasida, ushbu nazariyalar bir-birini to‘ldiruvchi tarzda milliyatchilikni zamonaviy jamiyatlar va tarixiy jarayonlar bilan bog‘liq holda tushuntiradi. Maqola milliyatchilikni nafaqat siyosiy, balki madaniy va ijtimoiy hodisa sifatida chuqur tahlil qilishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: Milliyatchilik nazariyalari, modern sanoat jamiyati, tarixiy va madaniy identitet, ijtimoiy konstruksiya, milliy davlatchilik shakllanishi.

Jurnaldagi sahifalar: 577 - 582

Yuklab olish