23.06.2026
69
MAXDUMI A’ZAM DAHBEDIY TA’LIMOTIDA KOMIL INSON KONSEPSIYASINING FALSAFIY VA TASAVVUFIY TALQINI

Muallif: Saidov, Ibrohimjon

Annotatsiya: Mazkur maqolada XVI asr Movarounnahr tasavvuf tafakkurining yirik namoyandalaridan biri Maxdumi A‘zam Dahbediyning komil inson haqidagi qarashlari falsafiy va tasavvufiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Mutafakkirning inson mohiyati, ruh va nafs munosabati, ma’rifatga erishish bosqichlari hamda komil insonning jamiyatdagi o‘rni haqidagi qarashlari yoritilgan. Shuningdek, uning ta’limotida ilm, amal, ixlos va ma’naviy kamolotning o‘zaro bog‘liqligi ochib berilgan. Tadqiqot natijasida Maxdumi A‘zam ta’limotida komil inson konsepsiyasi nafaqat individual axloqiy kamolot, balki ijtimoiy taraqqiyot va ma’naviy islohotlarning muhim omili sifatida talqin etilishi asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: Maxdumi A‘zam Dahbediy, komil inson, tasavvuf, Naqshbandiya, ma’rifat, ruh, nafs, axloqiy kamolot, falsafiy tafakkur, ma’naviyat.

Jurnaldagi sahifalar: 471 - 475

Yuklab olish