06.04.2022
775
MATEMATIKA DARSLARIDA BOSHLANG'ICH SINF O‘QUVCHILARINING MANTIQIY FIKRLASHLARINI SHAKLLANTIRISH

Muallif: Ummatkulova, Sayyora Shavkatovna; Xo‘jaboyeva, Zilola Solijon qizi

Annotatsiya: Hozirgi paytda maktablarda boshlang’ich sinflarda matematika o‘qitishning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarni har tomonlama etuk insonlar qilib tarbiyalash hisoblanadi. Bunda ularda matematika bo‘yicha bilimlar berish bilan birga ularga o‘rganilayotgan bilimlarni asosli va puxta bo‘lishini ta‘minlash, ularni qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa matematika darslarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularni kelgusida olingan bilimlarni ongli hayotiy faoliyatda muvaffaqiyatli qo‘llashlari uchun zarur ko‘nikma va malakalarni shakllantirish boshlang’ich matematik ta‘limning asosiy vazifalariga aylanishi lozim. SHu nuqtai nazardan o‘quv jearayonida matematik masalalar, jumladan hayotiy mazmunli,ularning to‘plagan tajribasiga asoslangan masalalarni yechish usullariga va ularni qo‘llashga o‘rgatish o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ularni ta‘lim mazmuni va o‘rganilayotgan tushunchalar mohiyatini ochib berishda foydalanish, o‘zaro aloqadorlikda va o‘quvchilar amaliy faoliyati tajribasi bilan qo‘shgan holda o‘qitish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu usullarni ishlab chiqish va amalda qo‘llash o‘qitish sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: tafakkur. Mantiqiy fikrlash, matematika, muammoli masala, jumboq.

Yuklab olish