17.02.2022
500
MASLAHAT VA KONSALTING XIZMATLARI: HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MASALALARI

Muallif: Atalikova, Guljazira Shuraxanovna; Asadov, Shahriddin Faxriddin O‘g‘li

Annotatsiya: Ushbu maqolada konsalting xizmatlari va ularning xususiyatlari, ularning mazmun mohiyati va ushbu munosabatlar ishtirokchilari haqida fikr yuritilgan. Maslahat va konsalting xizmatlarining vujudga kelish tarixi, ularning vujudga kelish zarurati va hozirgi kunda mavjud konsalting xizmatlari turlari haqida fikr yuritilgan. Hozirgi kunda ko‘rsatilayotgan konsalting xizmatlarini turlari haqida fikr yuritilib, mazkur xizmatlarning xususiyatlari va alohida jihatlari haqida qisqacha tahlil amalaga oshirilgan. Shuningdek, ushbu munosabatlar ishtirokchilarning huquqiy maqomi va ularning o‘zaro munosabatlardagi huquq va majburiyatlari, jumladan, xizmatlar ko‘rsatuvchisining majburiyatlari va vazifalari, unig ushbu xizmatlarni ko‘rsatish tartibi va ushbu jarayonda rioya etilishi kerak bo‘lgan qoidalar masalalari muhokama qilingan. Xizmatlar foydalanuvchisidan mazkur xizmatlardan ko‘zlangan natijalarga erishish uchun talab qilinadigan harakatlar haqida ham to‘xtalib o‘tilib, ushbu munosabatlarni samarali tartibga solish uchun taraflarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilab olish zarurati haqidagi fikrlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: konsalting xizmatlari, konsalting xizmatlari taraflari, konsalting xizmatlari foydalanuvchisi, konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi, konsalting xizmatlari turlari, huquqiy konsalting, buxgalteriya va moliya sohasidagi konsalting xizmatlari, shartnoma taraflarining fuqarolik huquqiy javobgarligi.

Yuklab olish