Muallif: Xatamov, Tursunboy Xamdam o‘g‘li
Annotatsiya: 1991–2024 yillarda AQSHning Markaziy Osiyo siyosati xavfsizlik, barqarorlik va demokratik institutlarni mustahkamlashga qaratildi. Afg’oniston urushidan so’ng Vashingtonning mintaqadagi faolligi kuchaydi. Biroq inson huquqlari masalasida keskinliklar hamkorlikni cheklab qo’ydi. 2010-yillarda “C5+1” formati orqali mintaqaviy integratsiyani rag’batlantirishga urinishlar qilindi. O’zbekiston “ko’p vektorli” tashqi siyosat orqali yirik davlatlar bilan muvozanatni saqladi. 2016 yildan keyin AQSH–O’zbekiston aloqalari iqtisodiy va xavfsizlik yo’nalishida faollashdi. Shu bilan birga inson huquqlari masalasi dolzarb muammoligicha qoldi. 2020-yillarda Rossiya va Xitoy ta’sirining ortishi Tashkentning yo’nalishlarini qayta belgilashga majbur qildi. 2024 yilda Rossiya bilan yadro energetikasi bo’yicha bitimlar energetik xavfsizlikda burilish yasadi. Natijada, AQSH siyosati integratsiya va barqarorlikka qaratilgan bo’lsa-da, O’zbekiston ko’p vektorli siyosati bilan mintaqada faol o’yinchi sifatida shakllandi.
Kalit so'zlar: AQSH siyosati, Markaziy Osiyo, O’zbekiston, geosiyosat, xavfsizlik ko’p vektorli siyosat, integratsiya, barqarorlik, hamkorlik, rivojlanish, inson huquqlari, demokratiya, tashqi siyosat, diplomatiya, mustaqillik, Rossiya, Xitoy, energetika, yadro, iqtisodiyot, strategiya, mintaqa, muvozanat, tashabbus, global jarayonlar.
Jurnaldagi sahifalar: 677 - 681