10.05.2025
55
MANG‘ITLAR DAVRIDA BUXORODAGI SUV INSHOOTLARI VA ULARNING TARIXIY ROLI

Muallif: Yuldosheva, Bibirajab; Bobojonova, Feruza; G‘aniyeva, Sarvinoz

Annotatsiya: Ushbu maqolada Mang‘itlar sulolasi (XVIII–XIX asr boshlariga qadar) hukmronligi davrida Buxoro shahrida suv inshootlarining holati, ularning qurilishi, boshqaruvi va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarixiy manbalar, xususan O. A. Suxareva hamda L. I. Rempel tomonidan 1929–1930-yillarda olib borilgan arxeologik va etnografik kuzatuvlarga tayanilgan holda Buxoroning suv bilan ta’minlanish tizimi- hovuzlar, ariq tarmoqlari, sardobalar va masjid-hammomlar atrofida joylashgan hovuzlar o‘rganiladi. Shuningdek, suv inshootlarini ta’mirlash va tozalash ishlari, ularni boshqaruvchi miroblar faoliyati va bu ishda xalq ishtirokining tashkil etilishi yoritiladi. Ishda Mang‘itlar davrida suv inshootlari nafaqat amaliy, balki diniy va ijtimoiy hayotda ham muhim o‘rin tutgani ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari Buxoro shahrining shaharsozlik tarixini o‘rganishda muhim manba sifatida xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: Mang‘itlar sulolasi, Buxoro, suv inshootlari, hovuz, mirob, Shohrud kanali, ijtimoiy hayot.

Jurnaldagi sahifalar: 325 - 332

Yuklab olish