21.12.2025
57
MAKTABGACHA TA’LIMDA JINSIY TARBIYANING ILMIY-PEDAGOGIK AHAMIYATI VA NOTO‘G‘RI YONDASHUVLARNING OQIBATLARI

Muallif: Razzoqova, Mahliyo Qosimjonovna

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tizimida jinsiy tarbiya (genderga oid tarbiya)ni ilmiy asoslangan holda tashkil etishning dolzarbligi yoritiladi. Jinsiy tarbiyaning bolalar shaxsiy rivoji, o‘zini anglash jarayoni hamda kelgusidagi ijtimoiy moslashuviga ta’siri nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida uchraydigan metodik va tashkiliy xatoliklar, jumladan pedagoglarning jinsiy xususiyatlarni e’tiborsiz qoldirishi, vizual muhit, o‘yinchoqlar va tarbiyaviy faoliyatdagi biryoqlama yondashuvlarning bolalar gender identifikatsiyasiga salbiy ta’siri ochib beriladi. Freyd, Vygotskiy, Ibn Sino, Imom al-G‘azzoliy hamda UNESCO qarashlari asosida erta bolalik davrida jinsiy tarbiyaning hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslanadi. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’limda jinsiy tarbiyani tizimli, differensial va ilmiy yondashuv asosida tashkil etish zarurligini ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: jinsiy tarbiya, gender identifikatsiyasi, maktabgacha ta’lim, erta bolalik rivoji, pedagogik muhit, ijtimoiylashuv, shaxsiy chegaralar, psixologik rivojlanish.

Jurnaldagi sahifalar: 232 - 237

Yuklab olish