Muallif: To‘raqulova, Dilnoza; Donaboyeva, Shahruzoda
Annotatsiya: Ushbu maqolada leksikografiya fanining nazariy va amaliy jihatlari, lug‘at turlari, lug‘at tuzishning asosiy bosqichlari hamda zamonaviy korpus asosidagi va elektron lug‘atchilik yo‘nalishlari tahlil qilinadi. O‘zbek lug‘atshunosligining shakllanishi va rivojida A. Zohiriy, Ye. Polivanov, O. Hojiyev, A. Madvaliyev kabi olimlarning ilmiy merosi yoritiladi. Shuningdek, izohli va tarjima lug‘atlari, preskriptiv va deskriptiv yondashuvlarning leksikografik amaliyotdagi o‘rni, zamonaviy onlayn lug‘atlar va kompyuter leksikografiyasining imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot lug‘at tuzish jarayonining ilmiy tamoyillari va bosqichlarini tizimli yoritish orqali zamonaviy o‘zbek leksikografiyasining holati va taraqqiyot istiqbollarini ochib beradi.
Kalit so'zlar: leksikografiya, izohli lug‘at, tarjima lug‘ati, korpus lingvistikasi, preskriptiv yondashuv, deskriptiv yondashuv, elektron lug‘atlar, o‘zbek lug‘atshunosligi.
Jurnaldagi sahifalar: 588 - 594