Muallif: Abdulkhaeva, Charos Bakhrom kizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz tilidagi jins bilan bog‘liq leksik birliklarning kommunikativ, semantik va madaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda genderga xos va gender-neytral so‘zlarning ijtimoiy me’yorlar, kuch munosabatlari hamda madaniy qadriyatlarni qanday aks ettirishi o‘rganiladi. Shuningdek, jinsiy leksikaning tarixiy rivojlanishi va zamonaviy ingliz tilida paydo bo‘lgan inklyuziv, neytral shakllar alohida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari jins bilan bog‘liq leksik birliklarning kommunikatsiya jarayonida muhim o‘rin tutishini hamda til tizimida gender tengligini ta’minlashga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: gender, leksik birliklar, kommunikatsiya, gender neytral til, semantika, diskurs, sotsiolingvistika.
Jurnaldagi sahifalar: 123 - 130