12.02.2026
3
KULOLCHILIK FENOMENINI TADQIQ ETILISHIGA OID BA’ZI YONDASHUVLAR XUSUSIDA

Muallif: Odilov, Bobir

Annotatsiya: Mazkur maqolada Oʻzbekistonda an’anaviy kulolchilik maktablarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va ularning ijtimoiy-madaniy ahamiyati antropologik hamda etnologik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda kulolchilik fenomenini oʻrganishda xoʻjalik-madaniy tiplar konsepsiyasi, genealogik (ustoz–shogird va sulolaviy) yondashuv hamda ogʻzaki tarix (Oral History) metodining ilmiy imkoniyatlari ochib beriladi. Shuningdek, kulolchilik maktablarining hududiy va shaxsiy tasnifi, ustoz-shogird an’analarining hunar davomiyligidagi oʻrni, kasbiy bilim va koʻnikmalarning avloddan-avlodga oʻtish mexanizmlari amaliy misollar bilan tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: kulolchilik, kulolchilik maktablari, xoʻjalik-madaniy tiplar, ustoz–shogird an’anasi, genealogik yondashuv, ogʻzaki tarix, etnomadaniy jarayonlar, hunarmandchilik, madaniy meros, lokal maktablar, identitet, an’anaviy hunar.

Jurnaldagi sahifalar: 425 - 433

Yuklab olish