Muallif: Kurbonboyevб Xudoyshukur Maxsudboy o‘g‘li
Annotatsiya: Maqolada krossfit - zamonaviy yuqori intensivli funksional mashg‘ulot tizimi - oliy ta’lim muassasalari talabalari jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda qo‘llashning ilmiy-metodologik asoslari yoritilgan. Metodikaning tarixi, tizimning uch asosiy komponenti (metabolik mashqlar, gimnastika, og‘ir atletika), krossfit mashg‘ulotlari tuzilmasi hamda jismoniy sifatlarga ta’siri chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotlarda krossfit mashg‘ulotlari kuch chidamliligi (p<0,001), tezlik (p<0,05), koordinatsiya (p<0,01) va kardiorespirator ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilashi isbotlangan. Krossfit OTM talabalarining jismoniy tarbiya jarayoniga integratsiya qilinishi uchun amaliy tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: Krossfit, jismoniy tayyorgarlik, talabalar, oliy ta’lim muassasasi, funksional mashqlar, kuch chidamliligi, jismoniy sifatlar.
Jurnaldagi sahifalar: 594 - 602