18.11.2025
10
KORPUS LINGVISTIKASIDA MATNLARNI DAVRLASHTIRISHDA JAHON TAJRIBASI

Muallif: Nuritdinov, Abrorbek Sayfiddin o‘g‘li

Annotatsiya: Mazkur maqolada korpus lingvistikasida matnlarni davrlashtirish masalasi hamda uning jahon miqyosidagi nazariy va amaliy yondashuvlari tahlil qilinadi. Turli tillarda yaratilgan tarixiy korpuslarda davrlashtirish mezonlari, usullari va avtomatlashtirilgan tahlil texnologiyalari o‘rganiladi. Xususan, ingliz tilida yaratilgan diaxron korpuslar misolida davr chegaralarini aniqlash, lingvistik xususiyatlar asosida vaqt belgilash, shuningdek, sun’iy intellekt va mashinali o‘rganish vositalari yordamida matnlarni tarixiy jihatdan tasniflash tajribalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari korpus lingvistikasi doirasida matnlarning tarixiy dinamikasini o‘rganish, semantik o‘zgarishlarni aniqlash va til taraqqiyotini modellashtirish uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi.

Kalit so'zlar: korpus lingvistika, davrlashtirish, diaxron korpus, tarixiy matnlar, lingvistik xronologiya, semantik o‘zgarish, mashinali o‘rganish, til dinamikasi.

Jurnaldagi sahifalar: 414 - 426

Yuklab olish