17.12.2021
446
KORPORATSIYA IJRO ORGANLARINING FIDUTSIAR MAJBURIYATLARI QIYOSIY HUQUQIY TAHLILI

Muallif: Imomniyozov, Doniyorbek Baxtiyor Ogli

Annotatsiya: Yuridik shaxs boshqaruv organlarining javobgarligi korporativ huquqda har doim asosiy masalalardan biri hisoblangan. Butun dunyo yuridik shaxslar, xususan, korporatsiyalarning rivojlanishi tufayli korporatsiya boshqaruv organlarining fidusiar javobgarligi yuridik soha olimlarining e’tiboridan chetga qolmay kelmoqda. Bunga sabab yuridik shaxsni boshqarishda uning boshqaruv organlari zimmasiga yuklanadigan fidusiar majburiyatlarning muhimligidir. Negaki aynan ushbu majburiyatlarning qay darajada tartibga solingaligi, ularning mazmuni yuridik shaxsning ishonchliligi va uning muassislari, kreditorlarining huquqlari qay darajada himoya qilinganligidan dalolat beradi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, ushbu maqolda yuridik shaxs boshqaruv organlarining javobgarligi, fidusiar javobgarlikning mazmun-mohiyati, kelib chiqish va rivojlanish tarixi va bugungi kundagi huquqiy ko`rinishi qiyosiy huquqiy tahlil qilingan. Mazkur maqolada romano-german huquq tizimiga kiruvchi nemis va fransuz huquqi hamda anglo-sakson huquq tizimidagi yuridik shaxs boshqaruv organlarining javobgarligi milliy huquq tizimimizdagi yuridik shaxslarning javobgarligi bilan solishtirilgan.

Kalit so'zlar: yuridik shaxs, boshqaruv organi, majburiyat, fidusiar javobgarlik, duty of care, duty of loyalty, duty of good faith, halollik, oqilonalik,

Yuklab olish