26.02.2023
221
KORPORATSIYA IJRO ORGANI RAHBARI BILAN TUZILADIGAN SHARTNOMANING HUQUQIY TABIATI

Muallif: Imomniyozov, Doniyor

Annotatsiya: Korporativ huquq sohasi vakillari va mehnat huquqi mutaxassislari o‘rtasida muntazam bahs-munozaralarga sabab bo‘ladigan holat mavjud. Ya’ni ikki soha mutaxassislari orasida korporatsiya ijro organi rahbari bilan qanday turdagi shartnoma tuzilishi haqida nizoli vaziyat kuzatiladi. Ushbu bahsda mehnat huquqi mutaxassislari ijro organi rahbari bilan mehnat shartnomasi rasmiylashtirilishini ta’kidlashadi. Bunga qarshi korporativ huquq soha vakillari ishonchli boshqarish shartnomasi yoki haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi tuzilishi kerakligini va bu korporativ huquqiy munosabat o‘laroq fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinishini bildirishadi. Shunga ko‘ra bu nizoli holat doim turli muammoli holatlar va bahsli savollarni keltirib chiqaradi. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ushbu maqola korporatsiya ijro organi rahbarlari bilan tuziladigan shartnoma tahliliga bag‘ishlanadi.

Kalit so'zlar: korporativ huquq, xo`jalik jamiyati, aksiyadorlik jamiyati, MCHJ, umumiy yig`ilish, kuzatuv kengashi, ijro organi, direktor, shartnoma, mehnat shartnomasi.

Jurnaldagi sahifalar: 618 - 624

Yuklab olish