04.02.2022
348
KORPORATIV NIQOBLARNI OLIB TASHLASH KONSEPSIYASI VA UNI O’ZBEKISTON KORPORATIV HUQUQIDA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Muallif: Ibrohimov, Azimjon Abdumomin Ogli; Koryogdiyev, Bobur Umidjon Ogli; Tojiboyev, Sarvar Zafarovich

Annotatsiya: Korporativ huquq asosini tashkil etuvchi prinsip yuridik shaxsning shaxsi, mol-mulki va javobgarligi unda ishtirok etuvchi shaxslar shaxsi, mol-mulki va javobgarligidan ajratilganligini nazarda tutadi. Biroq cheklangan javobgarlik imkoniyatini suiiste’mol qiladigan ayrim shaxslar faoliyati natijasida kreditorlar manfaatlariga zarar yetish xavfi tug’iladi. Shu nuqtayi nazardan rivojlangan mamlakatlar korporativ huquqida “korporativ niqoblarni olib tashlash (снятие корпоративной вуали)” institutiga murojaat etish amaliyoti joriy etilgan. Dunyo tajribasida cheklangan javobgarlik elementi bilan tashkil etiladigan yuridik shaxslar kreditorlari manfaatlarini kafotlash maqsadida ex ante va post control choralari ko’riladi. Ex ante control yuridik shaxs tashkil etilayotgan paytda kreditorlar manfaatlarini kafotlash choralari ko’rish nazarda tutadi. Bunday choralar qatoriga ustav kapitali minimal miqdoriga talablar belgilash, yuridik shaxs javobgarligini sug’urtalash kabilar kiradi. Post control esa javobgarlik yuzaga keladigan bosqichda kreditorlar manfaatlarini kafolatlash choralari ko’rishni nazarda tutib, “korporativ niqoblarni olib tashlash” konsepsiyasini qo’llash imkoniyatlari qonunchilikda mustahkamlanadi va takomillashtirib boriladi. Ushbu maqolada “korporativ niqoblarni olib tashlash” konsepsiyasi mohiyati hamda xalqaro tajribadan kelib chiqib, O’zbekiston korporativ huquqida ushbu konsepsiyani takomillashtirishga oid masalalar muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar: Korporatsiya, bankrotlik, yuridik shaxs, nazorat qiluvchi shaxs, korporativ niqoblarni olib tashlash.

Yuklab olish