19.05.2025
49
KOREYSCHA SO‘Z YASALISHI VA NEOLOGIZMLAR

Muallif: Panjiyeva, Shaxodat Olimjonovna; Salomova, Dilnoza Bozor qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada koreys tilida so‘z yasalishi va yoshlar orasida qo‘llanilgan koreys neologizmlarining shakllanish turlari tahlil qilinadi. Koreys tilida yangi so‘zlar hosil qilishning asosiy usullari – affiksatsiya, kompozitsiya va qisqartirish kabilar ko‘rib chiqiladi. Maqolada zamonaviy koreys tilida tez-tez paydo bo‘layotgan neologizmlarning omillariga alohida e’tibor qaratiladi. Shu maqsadda maqolada eng so'nggi gazetalarda va shu kunlarda omma orasida keng foydalanilayotgan onlayn lug'atlarda paydo bo'lgan ma'lumotlardan foydalanilgan. Va bunda ijtimoiy tarmoqlar, texnologik taraqqiyot va globalizatsiyaning koreys tiliga ta’siri muhokama qilinadi. Turli yosh guruhlari va kasbiy sohalarda neologizmlarning qo‘llanilishiga oid misollar keltiriladi. Shuningdek, koreys tilidagi neologizmlarning boshqa tillarga ta’siri va ularning xalqaro so‘z boyligiga qo‘shilishi haqida fikr yuritiladi. O‘zgaruvchan til muhitida yangi so‘zlarning tezda ommalashishi va yo‘qolish sabablari o‘rganiladi. Lingvistik jihatdan, koreyscha neologizmlarning tuzilishi va semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari koreys tili taraqqiyotining zamonaviy tendensiyalarini aniqlashga yordam beradi.

Kalit so'zlar: neologizmlar, so‘z yasalishi, affiksatsiya, kompozitsiya, qisqartirish, o'zlashma so'zlar, teleskopiya, so‘z boyligi, lingvistika, ijtimoiy tarmoq, globalizatsiya.

Jurnaldagi sahifalar: 593 - 601

Yuklab olish