Muallif: Alimov, Shoxriddin Muxammatovich; Temirova, Hilola Rustamjon qizi; Kayirbayev, Isa Baxtiyar o‘g‘li
Annotatsiya: Ushbu maqolada boyitish fabrikasiga yuboruvchi ruda oqimlarining sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarini real vaqt rejimida monitoring qilish hamda operativ boshqarish masalalari tadqiq etilgan. Ruda tayyorlash jarayonlari ko‘p o‘lchamli, nostatsionar va to‘liq bo‘lmagan axborot sharoitida ishlovchi murakkab avtomatlashtirish obyekti sifatida ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda mavjud laboratoriya va avtomatlashtirilgan nazorat tizimlarining kamchiliklari tahlil qilinib, kiruvchi ruda oqimlarining xususiyatlarini maydalashdan keyingi chiqish oqimlari hamda vaqt bog‘liqliklari asosida aniqlash usuli taklif etilgan. Ushbu yondashuv Timed Interval Calculus (TIC) temporal mantiq apparati asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ruda oqimlarining diskret va uzluksiz holatlari o‘rtasidagi bog‘lanishni aniqlash imkonini beradi.
Kalit so'zlar: Ruda oqimi, boyitish fabrikasi, temporal model, Timed Interval Calculus, avtomatlashtirilgan monitoring tizimi, real vaqt tizimi, ruda sifati, ruda tayyorlash, operativ boshqaruv, ko‘p oqimli texnologik jarayon.
Jurnaldagi sahifalar: 234 - 242