31.01.2024
147
КОННОТАТИВНЫЙ ХАРАКТЕР НАЗВАНИЙ ДИКИХ ЖИВОТНЫХ В УЗБЕКСКОЙ ЛИНГВОКУЛЬТУРЕ

Muallif: Латипов, О.Ж.

Annotatsiya: Mazkur maqola o‘zbek tilining frazeologik va paremiologik birliklari asosida “yovvoyi hayvonlar” tematik maydoni atrofidagi zoonimik obrazning lingvomadaniy talqiniga bag‘ishlangan. Unda yovvoyi hayvonlar nomlarining ham denotativ, ham konnotativ ma’nolarini o‘rganilgan, chunki ularning birlamchi nomlari ko‘chma ma’nolarning shakllanishiga xizmat qilgan. Bu ish doirasiga faqatgina o‘zbek tilining frazeologik fondini shakllantirishga xizmat qilgan hayvon nomlari hisobga olingan. Antropotsentrik nuqtai nazardan, zoonimik komponentli barqaror birliklarning miqdoriy va sifat tarkibi bevosita hayvonning tashqi ko‘rinishi, hajmi, xatti-harakati va boshqa ko‘rsatkichlariga, shuningdek, odamning hayvonot dunyosiga bo‘lgan munosabatiga bog’liq. Binobarin, u insonga qanchalik yaqin bo‘lsa, qanchalik ko‘p vazifani bajaradi, uning nomi bilan bog’liq bo‘lgan shuncha frazeologik birliklar, maqollar bo‘lishi mumkin. Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi zoonimik leksika masalasiga bevosita aloqador bo‘lgan ilmiy ishlar tahlili ham o‘z aksini topgan. Ishda zoonimik so‘zlarning konnotativ xususiyatini to‘liqroq ochib berish va yovvoyi hayvonlar nomlari bilan bog’liq bo‘lgan ko‘chma iboralar sonini aniqlash maqsadida komponent va statistik tahlil usullaridan foydalanilgan.

Kalit so'zlar: denotatsiya, komponent, konnotatsiya, obraz, lingvomadaniyatshunoslik, maqol, ibora.

Jurnaldagi sahifalar: 393 - 405

Yuklab olish