12.02.2026
3
КЛИНИКО-БАКТЕРИОЛОГИЧЕСКИЕ И МОРФОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ НОЗОКОМИАЛЬНОЙ ПНЕВМОНИИ У ДЕТЕЙ С ЛЕТАЛЬНЫМ ИСХОДОМ

Muallif: Рахимова, Гузал Абдримовна

Annotatsiya: Nosokomial pnevmoniya (NP) sababli letal yakun bilan tugagan bolalarda morfologik va bakteriologik ko‘rsatkichlarni o‘rganish natijasida xavf guruhi sifatida hayotining dastlabki olti oyidagi, og‘ir premorbid fon (raxit, III darajali gipotrofiya, III darajali anemiya), immunodefitsit belgilari mavjud bo‘lgan, og‘ir jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechirgan hamda tug‘ma rivojlanish nuqsonlari aniqlangan bolalar ajratib ko‘rsatildi. Kasallik kechishini og‘irlashtiruvchi asosiy omillar sifatida tez-tez shamollash holatlari, sepsis, qayta-qayta antibiotikoterapiya va statsionarda uzoq muddat qolish holatlari qayd etildi. Etiologik jihatdan nosokomial pnevmoniyaning asosiy qo‘zg‘atuvchilari odatiy antibiotiklarga chidamli bo‘lgan grammmanfiy bakteriyalar (70%) bo‘lib, ular ko‘pincha viruslar va zamburug‘lar bilan birga uchrashi aniqlandi. Qo‘shimcha xavf omili sifatida sun’iy o‘pka ventilyatsiyasida (SO‘V) uzoq muddat bo‘lish muhim ahamiyat kasb etdi. Immunologik tekshiruvlar T- va B-limfotsitlar darajasining pasayishi, fagotsitar faollikning susayishi hamda IgG va IgA miqdorining kamayishini ko‘rsatib, infeksiya va stress ta’sirida immunogenez organlari, ayniqsa timusning funksional yetishmovchiligini tasdiqladi.

Kalit so'zlar: nosokomial pnevmoniya, erta yoshdagi bolalar, letal yakun, premorbid fon, birlamchi va ikkilamchi immunodefitsit, grammmanfiy mikroflora, polirezistentlik, timus morfologiyasi, xavf omillari, sun’iy o‘pka ventilyatsiyasi (SO‘V).

Jurnaldagi sahifalar: 490 - 496

Yuklab olish