Muallif: Usmonov, Saidikromxoʻja Saidalievich
Annotatsiya: Ushbu maqolada kiberzo‘ravonlik va kiberxavfsizlik tushunchalarining ijtimoiy-falsafiy va mafkuraviy mohiyati, ularning jamiyat va shaxs ma’naviyatiga ta’siri ilmiy tahlil qilinadi. Zamonaviy axborot makonidagi raqamli xavflar, jumladan, kiberzo‘ravonlik va kiberxavfsizlikning shakllanish va evolyusiyasi, milliy va xalqaro tajriba asosida o‘rganiladi. Maqolada axborot urushi, mafkuraviy ta’sir, axborot madaniyati, milliy qadriyatlar va ma’naviy immunitet masalalari chuqur yoritiladi. Shuningdek, muammoning ilmiy-metodologik asoslari, falsafiy va sotsiologik yondashuvlar, zamonaviy tahliliy va innovatsion metodlar asosida jamiyat barqarorligi va yoshlar ma’naviyatini himoya qilishga oid amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: kiberzo‘ravonlik, kiberxavfsizlik, axborot makoni, ma’naviy immunitet, mafkuraviy tahdid, axborot madaniyati, ijtimoiy-falsafiy tahlil, yoshlar ma’naviyati, axborot urushi, milliy qadriyatlar.
Jurnaldagi sahifalar: 532 - 536