Muallif: Mengliyev, Bobur Normamatovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish jarayonida amaliy mashg‘ulotlarning o‘rni va ahamiyati o‘rganildi. Amaliy mashg‘ulotlar nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qilib, talabalarni kasbiy sohada samarali faoliyat yuritishga tayyorlashda muhim vosita sifatida ko‘rsatildi. Maqolada amaliy mashg‘ulotlarni loyihalashtirishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, faol o‘qitish metodlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish metodikasi tahlil qilindi. Shuningdek, kasbiy ta’limda amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishning metodik asoslari, baholash va refleksiya mexanizmlari ham ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari amaliy mashg‘ulotlarning kasbiy tayyorgarlikda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini va ularni sifatli tashkil etish bo‘yicha aniq tavsiyalarni taqdim etadi.
Kalit so'zlar: kasbiy kompetensiyalar, amaliy mashg‘ulotlar, pedagogika, metodik yondashuvlar, faol o‘qitish, baholash.
Jurnaldagi sahifalar: 414 - 421