06.04.2022
331
KAPITAL BOZORIDAGI VAKOLATLI ORGANNI TASHKIL ETISH BO‘YICHA YAPONIYA TAJRIBASI

Muallif: Narziyev, Otabek Sa’diyevich

Annotatsiya: Ushbu maqolada kapital bozorini tartibga vakolatli organning tuzilishi, uning mustaqilligi va tashkiliy tuzilma masalalarida Yaponiya tajribasi tahlil qilingan. Taqqoslash uchun ushbu mamlakatni tanlash ko‘pgina mamlakatlarda moliyaviy tartibga solish tizimining so‘nggi islohotlariga asoslanadi, ular asosan integratsiyalashgan model va ob’ektiv modelning o‘zgarishlarini qabul qilishga qaratilgan. Oxirgi yigirma yil ichida 30 ta davlat yagona moliyaviy nazorat organini shakllantirdi, ulardan 23 tasida faqat so‘nggi o‘n yillikda yagona tartibga soluvchi organ tashkil etildi. Yaponiyada regulyator faoliyati bir nechta tartibga soluvchi organlarning manfaatlariga muvofiq muvozanatni ta’minlash va moliya bozorini tartibga solish bilan shug‘ullanadigan boshqa tartibga soluvchilardan (Moliya vazirligi, Markaziy bank, Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi) mustaqilligini kafolatlash uchun yaxshi namuna bo‘lishi mumkin. Yaponiya tajribasini o‘rganish o‘zlarining moliyaviy tartibga soluvchi tuzilmalarini yanada yaxshilash niyatida bo‘lgan mamlakatlar uchun yaxshi misol bo‘lishi mumkin.

Kalit so'zlar: kapital bozori, regulyatorning maqomi, moliyaviy tuzilish, regulyatorning mustaqilligi.

Yuklab olish