Muallif: Sharofova, Diyora Shavkat qizi
Annotatsiya: Jazoir 1962-yilda mustaqilikka erishdi va bu jarayonlar 1954-1962-yillargacha davom etgan milliy-ozodlik urushlari natijasida sodir bo‘ldi. Jazoir mustaqillikka erishgach davlat boshqaruvi, siyosiy-iqtisodiy kabi bir qator sohalarda muammolarga duch keldi. 132 yillik mustamlaka davridagi yo‘qotishlarni tiklash, ishsizlik, kambag‘allik, urush vayronagarchiligi kabi muammolar bilan 80 foiz yevropaliklarni va 30 foiz jazoirliklarni chiqib ketishi ro‘y berdi. Ushbu chiqib ketgan aholining katta qismi oliy ma’lumotli bo‘lib, texnik xodim, o‘qituvchi, shifokor, muhandis va kichik tadbirkorlardan iborat, ular o‘zlari bilan olib ketish ilojisi bo‘lgan texnika, jihoz, kapital va qimmatli hujjatlarni olib ketgan. Jazoirning tadbirkor, intellektual soha vakillaridan iborat fuqarolarining 90 foizi yurtni tark etdi. Jazoir mustaqilligining ilk yillarida yuzaga kelgan ushbu muammolar sababli hukumat migratsiyani qo‘llab quvvatladi. Migrantlar hamda ishchi muhojirlarning pul aylanmalari iqtisodiy qiyinchilikdagi yechim sifatida ko‘rildi. Jumlada, mustaqillikdan keyin Jazoirdan migratsiya qiladigan aholining hamda xorijiy pul jo‘natmalarining miqdorida o‘sish kuzatildi.
Kalit so'zlar: migratsiya, nazorat, havfsizlik, hamkorlik, mehnat shartnomalari, faoliyat muddatlari, ruhsatnoma, guvohnomalar.
Jurnaldagi sahifalar: 275 - 282