Muallif: Usmonqulova, Maftuna Vali qizi
Annotatsiya: Qasddan badanga shikast yetkazish shaxsga qarshi jinoyatlarning eng keng tarqalgan turlaridan biridir. Mazkur turdagi jinoyatlar mamlakatimizda qayd etilgan jinoyatlar umumiy sonining salmoqli qismini tashkil etadi. Ushbu maqolada javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan badanga shikast yetkazish jinoyati tushunchasi, mazkur jinoyat tarkibi, kvalifikatsiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari va javobgarlik masalalari bayon qilinadi. Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan badanga shikast yetkazishning nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan xulosalar keltirilgan.
Kalit so'zlar: jinoyat, qasddan badanga shikast yetkazish, og‘irlashtiruvchi holatlar, subyektiv belgilar, obyektiv belgilar.
Jurnaldagi sahifalar: 104 - 112