Muallif: Bo‘riyev, Fazliddin Faxriddinovich
Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada jamiyatda ijtimoiy ong fenomeni va uning shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar falsafiy, sotsiologik hamda ijtimoiy-psixologik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Ijtimoiy ongning strukturaviy komponentlari, uning tarixiy-dialektik rivojlanish bosqichlari hamda zamonaviy globallashuv sharoitidagi transformatsiyasi ilmiy asosda yoritiladi. Maqolada iqtisodiy munosabatlar, siyosiy institutlar, madaniy muhit, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy ongga ta’siri tizimli ravishda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, milliy qadriyatlar, tarixiy xotira va ma’naviy merosning ijtimoiy ong barqarorligini ta’minlashdagi roli asoslab beriladi. Tadqiqot natijalarida ijtimoiy ong jamiyat taraqqiyotining muhim omili sifatida talqin etilib, uni shakllantirish va boshqarishning konseptual mexanizmlari taklif etiladi.
Kalit so'zlar: ijtimoiy ong, jamiyat, mafkura, ijtimoiy psixologiya, globallashuv, axborot muhiti, milliy qadriyatlar, tarixiy xotira, sotsiologiya, falsafa.
Jurnaldagi sahifalar: 39 - 44