Muallif: Чулиев, Фархад Гафурович; Хамидов, Рустам Абдугафурович; Икромидинова, Угилой Уктам кизи; Эшмурадова, Зухра Бобир қизи
Annotatsiya: Maqolada oltin gidrometallurgik ishlab chiqarishining chiqindixona hovuz suvlaridan oltinni ajratib olish imkoniyati ko‘rib chiqilgan. Aylanma suvlarning tuzli va element tarkibi, shuningdek faollashtirilgan ko‘mir va ion-almashinuv qatroni yordamida dinamik rejimda oltin va kumushni sorbtsion ajratib olish bo‘yicha tajriba natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar natijasida faollashtirilgan ko‘mir ion-almashinuv qatroniga nisbatan oltin va kumush bo‘yicha yuqori sorbtsion sig‘im va selektivlikka ega ekanligi aniqlangan. Faollashtirilgan ko‘mirda oltin sorbtsiyasi kinetikasi o‘rganilib, maksimal sorbtsion sig‘im 90 soat davomida erishilishi va 0,8 mg/g ni tashkil etishi aniqlangan. Olingan natijalar chiqindixona hovuz suvlarini qayta ishlash orqali qimmatbaho metallarni qo‘shimcha ajratib olish va ishlab chiqarishning ekologik xavfsizligini oshirish imkoniyatini tasdiqlaydi.
Kalit so'zlar: oltin, hovuz suvlar, chiqindixona, sorbtsiya, faollashtirilgan ko‘mir, ion-almashinuv qatroni, aylanma suvlar, gidrometallurgiya, sorbtsiya kinetikasi, selektivlik.
Jurnaldagi sahifalar: 278 - 284