Muallif: Намазов, Суннат Зокирович; Темиров, Миркамол
Annotatsiya: Hozirgi vaqtda ko‘mir sanoat, xalq xo‘jaligi hamda issiqlik elektr stansiyalari uchun asosiy yoqilg‘i xomashyolaridan biri hisoblanadi. Ko‘mir qattiq yoqilg‘i bo‘lib, undan foydalanish iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lishi uchun yetarli miqdorda issiqlik ajratishi, shuningdek, yonish jarayonida texnogen chiqindilarni imkon qadar kam hosil qilishi lozim. Ushbu ishda “Angren” ko‘mir konidan qazib olinadigan yuqori kullilikka ega ko‘mirning fizik-mexanik xossalari, kimyoviy tarkibi, mikroskopik tahlili hamda gravitatsion usul bilan boyitiluvchanligi o‘rganildi. Ko‘mirdan foydalanilgandan keyin qayta ishlanmay qoladigan texnogen chiqindilar atrof-muhitga zarar yetkazib, uni ifloslantiradi. Shu bilan birga, bunday chiqindilar yoqilg‘ining issiqlik berish qobiliyatini ham pasaytiradi. Turli aralashmalarni o‘z ichiga olgan ko‘mir jinslari samarali issiqlik ajralishini ta’minlamaydi, bu esa iqtisodiy xarajatlarning ortishiga hamda tabiiy boyliklarimizning samarasiz sarflanishiga olib keladi.
Kalit so'zlar: Qo‘ng‘ir ko‘mir, ko‘mir zichligi, mexanik mustahkamlik, kimyoviy tarkib, gravimetrik va fotokolorimetrik tahlil.
Jurnaldagi sahifalar: 519 - 524