Muallif: Akbarova, Ziyoda; Ergashbayev, Sherzod
Annotatsiya: Isroil-Falastin mojarosi zamonaviy tarixdagi eng uzoq davom etgan va eng murakkab to‘qnashuvlardan biri bo‘lib, uning ildizi XIX asr oxiridagi siyosiy sionizm, Britaniya mandati, Balfour deklaratsiyasi (1917) va XX asr boshlaridagi yahudiy immigratsiyasiga borib taqaladi. Mojaro mohiyatiga ko’ra bir hududda ikki xalqning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi va davlatchilik uchun raqobati bo‘lib, milliy, diniy, tarixiy va geosiyosiy omillar bilan chuqur bog‘langan. Britaniya mustamlakachiligi, 1947-yilgi BMT bo‘linish rejasi (181-rezolyutsiya), 1948-yildagi Isroil davlatining tashkil topishi, Nakba va keyingi arab-isroil urushlari ziddiyatni yanada murakkablashtirdi. Maqolada mojaroning asosiy subyektlari (Isroil, Falastin guruhlari, tashqi davlatlar), obyekti (hudud, resurslar, muqaddas joylar) va predmeti (o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi) aniq tahlil qilinadi. Hozirgi bosqichda mojaro “nochor sulh” holatida muzlatilgan bo‘lib, 2023-yil 7-oktyabr hujumlari va undan keyingi G‘azo urushi, shuningdek, 2025-yil boshidagi qisqa muddatli sulh kelishuvi ziddiyatning hal etilmaganligini yana bir bor ko‘rsatdi. Muallif an’anaviy “ikki davlat yechimi”ning amalda ishlamayotganini ta’kidlab, yangi model — “Konfederativ Ikki Davlat Modeli”ni taklif etadi. Ushbu model 1967-yil chegaralari asosida ikkita to‘liq suveren davlatni yaratish, Sharqiy Quddusni ochiq poytaxt qilish, iqtisodiy va resurslarni birgalikda boshqarish, xavfsizlikni BMT va Arab Ittifoqi qarshiligidagi xalqaro kuchlar bilan 10 yil kafolatlash hamda qochqinlar masalasini moliyaviy kompensatsiya va cheklangan qaytish orqali hal etishni nazarda tutadi. Ushbu konfederativ tuzum iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik va “win-win” mexanizmlari orqali har ikki tomonning asosiy talablarini (Isroil uchun xavfsizlik, Falastin uchun mustaqillik) qondirib, barqaror tinchlikka erishish imkonini beradi.
Kalit so'zlar: Isroil-Falastin mojarosi, sionizm, Balfour deklaratsiyasi, ikki davlat yechimi, konfederativ model, 1967-yil chegaralari, xavfsizlik dilemmasi, tinchlik jarayoni, G‘azo, Sharqiy Quddus.
Jurnaldagi sahifalar: 484 - 490