Muallif: Qodirova, Gulira’no Isroiljon qizi; Turayeva, Suriya Telmanovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada iqlim o‘zgarishlarining jahon iqtisodiyotiga ko‘p qirrali ta’siri adabiyotlar tahlili va nazariy tahlil asosida o‘rganiladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, global isish nafaqat ekologik muammo, balki dunyo YaIMiga, savdo tizimlariga, mehnat unumdorligiga va davlatlarning moliyaviy barqarorligiga bevosita ta’sir etuvchi iqtisodiy omildir. Maqolada iqlim o‘zgarishlariga moslashish va ularni yumshatish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy siyosat choralari muhokama qilinadi.
Kalit so'zlar: iqlim o‘zgarishlari, jahon iqtisodiyoti, global isish, iqtisodiy zarar, barqaror rivojlanish, ko‘k iqtisodiyot, iqlim siyosati.
Jurnaldagi sahifalar: 442 - 448