Muallif: Kabulov, Rustam Jumaniyozovich
Annotatsiya: Mazkur maqolada XV asr boshlarida yashagan nemis sayyohi Ioann Shiltbergerning “Yevropa, Osiyo va Afrika bo‘ylab sayohat (1394–1427)” asari asosida musulmon xalqlarining qabr va ziyorat madaniyati tahlil qilinadi. Muallifning Markaziy Osiyo, Kavkaz, Eron va Yaqin Sharq hududlaridagi kuzatuvlari orqali dafn marosimlari, marhumlarni yuvish odati, qabrlarning joylashuvi, marhumlar ruhiga duo qilish an’analari hamda diniy muassasalar faoliyati o‘rganiladi. Shiltbergerning ma’lumotlari boshqa tarixiy manbalar bilan qiyosiy tahlil qilinib, o‘rta asr musulmon jamiyatlarida ziyorat madaniyatining shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot natijalari Shiltbergerning sayohatnomasi diniy-etnografik tarixni o‘rganishda muhim manbalardan biri ekanligini ko‘rsatadi.
Kalit so'zlar: Ioann Shiltberger, qabr madaniyati, ziyorat, dafn marosimi, musulmon jamiyati, Markaziy Osiyo, diniy-etnografik tarix, XV asr.
Jurnaldagi sahifalar: 486 - 491