29.05.2023
227
INGLIZ VA O’ZBEK GASTRONOMIK DISKURSLARINING SEMIOTIK XUSUSIYATLARI

Muallif: Sanakulova, Maftuna Qaxramon qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolaning asosiy maqsadi ingliz va o'zbek tillaridagi gastronomik diskurslarni qiyoslab tahlil qilgan holda ularning lingvo-semiotik xususiyatlarini ochib berish. Ushbu maqolada Dunyo tilshunosligining dolzarb muammolaridan biri tilning muayyan qatlamlarida uchraydigan xususiy diskurslarning lisoniy, ijtimoiy, madaniy, antropologik, semiotik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat. Shuningdek, adabiyot hamda ijtimoiy-maishiy sohalarda uchraydigan diskursning qo‘llanish doirasini tadqiq qilish keng o‘rganilayotgan muammolardandir. Glyuttonik diskurs maʼlum xalq madaniyati, adabiyoti, yashash tarzi va ijtimoiy hayotida muhim o‘rin tutadi. O‘zbek tilshunosligida diskurs muammosi bilan bog‘liq til faktlarini o‘rganish masalasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, bugungi kunda diskurs va uni o‘rganish ko‘pchilik tilshunoslarning diqqatini tortmoqda. Shuning uchun diskurs bilan bog‘liq bir qator izlanishlar olib borilgan bo‘lib, bu ilmiy tadqiqotlarda diplomatik diskur va uning leksik-frazeologik tarkibi, dialogik diskursdagi nopredikativ birliklarning sotsiopragmatik jihatlari, siyosiy diskursda qo‘llanuvchi bog‘lovchi feʼllarning funksional-semantik xususiyatlari, antroponimlarning diskurs relevanti sifatidagi vazifasi monografik planda atroflicha o‘rganilgan.

Kalit so'zlar: gastronomik diskurslar, lingvo-semiotik xususiyatlar, Glyuttonik diskurs, leksik tizim, qiyosiy-tipologik aspect, leksema, lingvokulturologik.

Jurnaldagi sahifalar: 794 - 800

Yuklab olish