04.05.2025
66
INGLIZ TILINI O‘QITISHDA VIDEOCHAT PLATFORMALARIDAN FOYDALANISHNING LINGVODIDAKTIK ASOSLARI

Muallif: Rasulova, Dilnoza Boisxonovna

Annotatsiya: Mazkur maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida videochat platformalaridan samarali foydalanishning lingvodidaktik asoslari yoritilgan. Globallashuv va raqamli texnologiyalar rivoji sababli zamonaviy ta’limda onlayn platformalarning o‘rni tobora ortib bormoqda. Zoom, Google Meet, Microsoft Teams va Telegram kabi platformalar orqali chet tilini o‘rgatishda muloqotga asoslangan yondashuv, interaktiv metodlar va multimodal o‘qitish imkoniyatlari kengaymoqda. Maqolada har bir platformaning texnik va pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinib, ularning til o‘rganishdagi samaradorligi, ayniqsa, gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishdagi o‘rni ko‘rsatilgan. Videochatlar orqali o‘quvchi o‘z fikrini erkin ifodalash, real muloqot muhitida ishtirok etish va reflektiv tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Lingvodidaktik tamoyillar – kommunikativlik, interaktivlik, motivatsiya va shaxsga yo‘naltirilganlik asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilar nutqiy faolligini oshiradi. Telegram platformasining oddiylik va funksionallik jihatlari, Zoom’dagi Breakout Rooms imkoniyati, Teams va Meet’dagi integratsion qulayliklar asosida amaliy tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: lingvodidaktika, ingliz tili, interaktiv ta’lim, videochat, Zoom, Google Meet, Microsoft Teams, Telegram, CLT, TBLT, multimodal o‘qitish.

Jurnaldagi sahifalar: 220 - 228

Yuklab olish