Muallif: Hafizov, Abror Alisher o‘g‘li
Annotatsiya: Zamonaviy ta’lim tizimida ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, talabalarning bilim olishga bo‘lgan motivatsiyasini kuchaytirish hamda ularni faol o‘quv subyekti sifatida shakllantirish masalasi pedagogika fanining dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda ta’lim faqat bilim berish bilan cheklanib qolmasdan, balki shaxsning intellektual, ijtimoiy va kasbiy rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan murakkab jarayon sifatida qaralmoqda. Shu sababli, oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish jarayonini talaba shaxsiga yo‘naltirish, uning ehtiyojlari, qiziqishlari va individual imkoniyatlarini inobatga olish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kalit so'zlar: interaktiv texnologiyalar, pedagogik mohiyat, kommunikativ yondashuv, talaba markazlashgan ta’lim, subyekt-subyekt munosabatlari, mustaqil fikrlash, raqamli kompetensiya.
Jurnaldagi sahifalar: 340 - 345