05.06.2026
58
INGLIZ TILI DARSLARIDA READINGNI O‘QITISHDA MOSLASHUVCHAN GURUHLASH (FLEXIBLE GROUPING) VA SKAFFOLDING TEXNOLOGIYASINING SAMARADORLIGI

Muallif: Amirqulova, Zarnigor

Annotatsiya: Mazkur maqolada ingliz tili darslarida reading (o‘qib tushunish) ko‘nikmasini rivojlantirishda moslashuvchan guruhlash (Flexible Grouping) va scaffolding texnologiyalarining samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘quvchilarning individual ehtiyojlari, til bilish darajasi va o‘rganish sur’atlarini hisobga olgan holda tashkil etilgan moslashuvchan guruhlar hamda bosqichma-bosqich pedagogik ko‘mak berish usullarining o‘qib tushunish kompetensiyasiga ta’siri o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Flexible Grouping va Scaffolding texnologiyalaridan uyg‘un foydalanish o‘quvchilarning matnni anglash, tahlil qilish, asosiy g‘oyani ajratib olish va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu yondashuvlar ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faolligini oshirib, hamkorlikda o‘qish va mustaqil o‘rganish kompetensiyalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: reading comprehension, ingliz tili ta’limi, Flexible Grouping, Scaffolding, differensial ta’lim, hamkorlikda o‘qitish, o‘qib tushunish ko‘nikmasi, tanqidiy fikrlash, o‘quvchi markazli ta’lim, pedagogik texnologiyalar, til kompetensiyasi, interfaol metodlar.

Jurnaldagi sahifalar: 12 - 15

Yuklab olish