05.02.2026
49
IMOM TERMIZIY ILMIY MEROSINING YANGI MA’NAVIY MAKONINI YARATISHDAGI ROLI

Muallif: Abdunazarova, Sevara

Annotatsiya: Mazkur maqolada IX asr islom ilmiy tafakkurining yirik namoyandasi Imom Abu Iso Muhammad at-Termiziyning ilmiy merosi zamonaviy ma’naviy jarayonlar kontekstida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida allomaning hadis ilmidagi metodologik yondashuvi, axloqiy-me’yoriy qarashlari hamda ularning bugungi jamiyatda yangi ma’naviy makonni shakllantirishdagi ahamiyati ochib beriladi. Imom Termiziy asarlarining ilm va axloq uyg‘unligini ta’minlovchi konseptual asoslari global axborotlashuv sharoitida ma’naviy barqarorlikni ta’minlash omili sifatida talqin etiladi. Maqolada Imom Termiziy merosining diniy radikalizmga qarshi mu’tadil ilmiy pozitsiyani shakllantirishdagi o‘rni ham ilmiy asosda yoritilgan.

Kalit so'zlar: Imom Termiziy, hadis ilmi, ilmiy meros, ma’naviy makon, ma’naviy barqarorlik, axloqiy qadriyatlar, ilm va axloq uyg‘unligi, diniy mu’tadillik, islom tafakkuri.

Jurnaldagi sahifalar: 264 - 271

Yuklab olish