28.04.2025
24
ILMIY BILISH JARAYONIDA MANTIQ VA INTUITSIYANING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Muallif: Abdunosirova, Halima Erdtllayevna

Annotatsiya: Maqolada ilmiy bilish jarayonida mantiq va intuitsiyaning o‘zaro bog‘liqligi va uning o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy jihatdan asoslab berildi. Ilmiy bilishda mantiqiy metodologik asoslari bilan ijtimoiy madaniy sharoitini ham nazarga olinishi zarur. Bu fan qadriyatlarda o‘z aksini topadi. Fanni ilmiy bilish faoliyatining boshqa shakllaridan farqlash imkonini beruvchi boshqa muhim xususiyatlarni yuqorida zikr etilgan belgilarga bog‘liq va ular bilan belgilanuvchi xususiyatlar sifatida tavsiflash mumkin. Ilmiy bilish nafaqat subyektning obyektga nisbatan, balki o‘ziga, o‘z faoliyatiga nisbatan ham ongli munosabatini, ya’ni tadqiqotchilik faoliyatining shartlari, me’yorlari va metodlarini bilishi, an’analarni hisobga olishi va hokazolarni nazarda tutadi.

Kalit so'zlar: ilmiy bilish, subyekt, obyekt, bilish jarayoni, hirs, zavq, ong, ongsizlik, ratsionallik, shubha, mexanizmlar.

Jurnaldagi sahifalar: 80 - 88

Yuklab olish