10.01.2022
430
Ikromov, S. I. (2021). ARAB TAHLIL MARKAZLARIDA O ‘ZBEKISTON MAVZUSI: STEREOTIPLAR VA TRANSFORMATSIYA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 103-116.

Muallif: Ikromov Shavkat Iskandarovich

Annotatsiya: O‘zbekistonning eng yangi tarixini arab davlatlari ilmiy va tahlil markazlarida yoritilishini o‘rganish, hamda tadqiqotlaridagi zamonaviy arab-o‘zbek hamkorlik aloqalari dinamikasi asosida shakllanayotgan mulohazalarni taxlil kilish mazkur maqolaning maksadi hisoblanadi. Maqolada mavzuning adabiyotlar tahlili, tahlil markazlarning tavsifi va axamiyati, arab tahlil markazlarining Yaqin Sharq mintaqasi siyosiy jarayonlaridagi o‘rni, markazlarda O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid materiallarning umumiy xususiyatlari va mavzu yo‘nalishlari singari masalalar ko‘rib chiqilgan. Uslubiy jihatdan tahlil markazlarning materiallari tarixshunoslik kontekstida o‘rganildi, asosiy metod sifatida kontent tahlil metodi qo‘llanildi shuningdek, yerdamchi metodlar sifatida tizimli va qiyosiy tahlil, hamda xronologik-muammoviy metodlar tanlandi. Tadqiqotning yangiligi O‘zbekiston va Arab davlatlari hamkorlik aloqalarining tarixshunoslik rakursida o‘rganilganligi, ob’ekti sifatida hamkorlik aloqalariga xar tomonlama ta’sir ko‘rsatish qobiliyatga ega tahlil markazlarining tadqiqotlari tanlanganligida. Tadqiqot natijasi, arab davlatlarida O‘zbekiston haqidagi kontentning chegaralangan ekanligini va ulardagi mavjud tendensiyalar, stereotiplar hali hamon o‘zgarmasdan kelayotganligini, mavzular yo‘nalishi tor va bir yoqlama xususiyatga egaligini ko‘rsatdi. Xulosada arab tahlil markazlari tomonidan O‘zbekistonni o‘rganishda yanada chuqur, doimiy va tizimli tahliliy yondashuvlarining zarurlig ko‘rsatilgan, bu esa nafaqat o‘zaro munosabatlarni o‘sishiga ijobiy ta’sir qilishi balki ikkitomonlama va ko‘ptomonlama munosabatlarni rivojlanishiga, shuningdek, xorijda mamlakatimizning ijobiy qiyofasini shakllantirishga turtki bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Kalit so'zlar: O‘zbekiston, Arab davlatlari tahlil markazlari, kontent, imij, muammoli tarixshunoslik.

Yuklab olish