01.05.2026
66
IKKINCHI JAHON URUSHI DAVRIDA XORAZM MATBUOTIDA VATANPARVARLIK G‘OYALARI

Muallif: Atamuratova, Dilafruz Rashidovna

Annotatsiya: Mazkur maqolada Ikkinchi jahon urushi davrida viloyat matbuoti — “Xorazm haqiqati” va “Хорезмская правда” gazetalarining faoliyati tahlil etiladi. Unda xalqaro siyosiy voqealarga bag‘ishlangan materiallar, xususan SSSR–Germaniya pakti yoritilishi, ikkinchi frontning ochilishi, Yaponiyaning taslim bo‘lishi hamda BMTning tuzilishi masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Alisher Navoiy va Jaloliddin Manguberdi singari tarixiy shaxslarning she’rlari, maqolalari hamda obrazlarini e’lon qilish orqali aholida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlanadi. Maqolada urush yillarida matbuotning mafkuraviy ta’sir o‘tkazish va jamoatchilik ongini shakllantirishdagi muhim o‘rni yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Ikkinchi jahon urushi, Xorazm matbuoti, mafkuraviy targ‘ibot, vatanparvarlik tarbiyasi, front mavzusi, tarixiy shaxslar, Navoiy.

Jurnaldagi sahifalar: 646 - 651

Yuklab olish