26.02.2023
231
IJARA MUNOSABATLARIDA IJARA HAQINI TO’LASH BILAN BOG’LIQ MASALALAR

Muallif: Ibrohimov, Azimjon Abdumo‘min o‘g‘li

Annotatsiya: Ijara munosabatlari kishilar o’rtasidagi madaniy munosabatlar shakllangan ilk davrlardan boshlab amal qilib keladi. O’sha davrlarda o’zgaga tegishli bo’lgan mulkdan vaqtincha foydalanish va buning uchun muayyan haqni to’lash, dastlab, ish qurollari va mehnat vositalariga nisbatan qo’llanilgan. Ijtimoiy munosabatlarning keyingi rivoji jarayonida esa boshqa shaxsga tegishli mol-mulkdan haq evaziga vaqtincha foydalanish bino-inshootlar, sanoat qurollari va tabiiy resurslarga nisbatan ham qo’llanila boshladi. Ijarachilik o’z navbatida boshqa shaxsga tegishli bo’lgan yer uchastkasida hosilning muayyan qismini haq sifatida berish ko’rinishida ham namoyon bo’lgan.

Kalit so'zlar: ijara shartnomasi, vaqtincha egalik qilish va foydalanish, ijara haqi, shartnomaning haqiqiy sanalmasligi, shartnomani tuzilmagan deb topish.

Jurnaldagi sahifalar: 607 - 612

Yuklab olish