12.02.2026
4
IDENTIKLIK TUSHUNCHASI VA MILLIY O‘ZLIKNI ANGLASHDAGI AHAMIYATI

Muallif: Askarov, Mirzoxid Mahamadjon o‘g‘li

Annotatsiya: Mazkur maqolada identiklik tushunchasining nazariy asoslari hamda uning milliy o‘zlikni anglash jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot globallashuv sharoitida identiklik kategoriyasining dolzarbligi, uning psixologik, falsafiy, antropologik va sotsiologik talqinlarini kompleks yondashuv asosida yoritishga qaratilgan. Muallif identiklik va identifikatsiya tushunchalarini farqlab ko‘rsatadi hamda E. Erikson, Z. Freyd, J. Lakan, Ch. Teylor, E. Fromm, J. Mid, Ch. Kuli va I. Gofman kabi olimlarning nazariy qarashlarini tahlil qiladi. Identiklik shaxsning ichki yaxlitligi, ijtimoiy moslashuvi va qadriyatlar tizimi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan dinamik jarayon sifatida talqin qilinadi. Maqolada ramziy interaksionizm yondashuvi asosida identiklikning ko‘p qatlamli va vaziyatga bog‘liq xususiyati ochib beriladi. Ushbu nazariy qarashlar zamonaviy O‘zbekiston sharoitida milliy identiklik shakllanishi va qayta talqin qilinishini tushuntirish uchun muhim metodologik asos sifatida baholanadi. Tadqiqot identiklikni individual va ijtimoiy jarayonlar kesishmasida rivojlanadigan murakkab fenomen sifatida ko‘rsatadi.

Kalit so'zlar: identiklik, milliy identiklik, o‘zlikni anglash, identifikatsiya, identiklik inqirozi, ramziy interaksionizm, ijtimoiy identiklik, ego-identiklik, globallashuv, madaniy qadriyatlar, shaxs rivoji, ijtimoiy moslashuv

Jurnaldagi sahifalar: 392 - 400

Yuklab olish