27.04.2026
111
HOZIRGI FORS TILIDA FE’LIY PERIFRAZALAR VA QO‘SHMA FE’LLARNING GENETIK MODELLARI TAHLILI

Muallif: Nazarov, Vafoqul Rajabboyevich

Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi fors tilidagi fe’liy perifrazalar va qo‘shma fe’llarning shakllanish manbalari, diaxronik taraqqiyoti hamda struktur-semantik modellari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi analitik fe’l ifodasining ikki asosiy qatlami — grammatik perifrastik konstruksiyalar hamda leksik-kompozit predikatlarning genetik asosini va o‘ziga xos farqlovchi belgilarini aniqlashdan iborat. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, fe’liy perifrazalar sifatdosh va yordamchi fe’llar asosida grammatikalizatsiyalashgan, qo‘shma fe’llar esa nominal komponent hamda yengil fe’llarning (kardan - کردن, shodan - شدن, dādan - دادن, gereftan - گرفتن va b.) birikuvi natijasida sermahsul model sifatida shakllangan. Xulosada fors tilining fe’l tizimi sintetik meros va analitik innovatsiyalar uyg‘unligidan iborat murakkab tarixiy sistema ekanligi asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: fors tili, fe’liy perifraza, qo‘shma fe’l, yengil fe’l, analitik fe’l, kompleks predikat, diaxroniya, grammatikalizatsiya.

Jurnaldagi sahifalar: 575 - 587

Yuklab olish