03.02.2022
383
HANAFIYLIK NAZARIYASINING TARQALISHIDA ABU YUSUFNING XIZMATLARI

Muallif: Raxmonov, Abduqahhor Absattorvich

Annotatsiya: Abu Hanifa vafot etgach, uning ta’limotini asrab qolish, shakllantirish va tarqatishda uning ko‘plab shogirdlari tilga olinsada, biroq ular orasida Yoqub Abu Yusuf (731-798) alohida ajralib turadi. Chunki uning deyarli barcha asarlarida Abu Hanifa ta’limoti ochib berilgan. Xalifa Horun ar-Rashid (786-809) hanafiylik mazhabiing yirik vakili Abu Yusufni xalifalik bosh qozisi etib tayinlashi, ushbu mazhabning mamlakat bo‘ylab taraqqiy etishiga sabab bo‘ldi. Abu Yusuf ilmli va kuchli xarakterli shaxs edi. Uning qobiliyati va harakatlari evaziga imperiya gullab yashnadi. Hanafiylik mazhabi davlat mazhabiga aylandi, chiqariladigan qonunlar ushbu mazhab nuqtai nazaridan chiqarilar edi. Hanafiylikning bu darajada yuksalishida Abu Hanifaning buyuk shogirdi Abu Yusufning xizmatlari katta bo‘ldi. Maqolada hanafiylik mazhabining shakllanishi va tarqalishida imom Abu Yusufning xizmatlari, uning nazariy umumlashmalari va ijtimoiy-siyosiy qarashlari tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: Abu Hanifa, Abu Yusuf, fiqh ilmi, hanafiylik ta’limoti, ra’y va qiyos, ijmo, istehson, “Kitob ul-xaroj” asari.

Yuklab olish