08.04.2023
233
HADISI SHARIFLARDA “VATAN” KONSEPTI SEMANTIKASI

Muallif: O‘roqova, Shoxsanam Luqmon qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada Hadisi shariflar muqaddas Qur’oni karim oyatlaridan oziqlangan, beqiyos ma’naviy xazina manbayi ekanligi, hadislarda kishilarni ezgu amallarga, bandalarning o’zaro mehr-oqibatli bo’lishlariga undovchi da’vat mujassamligi yoritib berilgan. Ta’lim-tarbiya jarayonida hadisi shariflardan iqtibos keltirish o’quvchilarning ma’naviy kamol topishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Taassufki, gumanitar fanlar tizimidagi darsliklarga diqqat qaratadigan bo’lsak, hadisi shariflar, ularni sharhlashga bag‘ishlangan matnlar uchramaydi. Ehtimol, bu sobiq tuzum davrida kishilarni yoppasiga islom dinidan qaytarish, unga nisbatan qat’iy taqiq qo‘yilishining asoratidir. Biroq hadisi shariflar dini, millati e’tiqodidan qat’iy nazar kishilarni ezgulikka chorlovchi vosita ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, ularning naqadar katta ahamiyatga molik manbaligi anglashiladi. Muqaddas Qur’oni karim va hadisi shariflarda ham «Vatan» konsepti o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi.

Kalit so'zlar: hadis, konsept, vatan, tug‘ilgan yer, Urva ibn az-Zubayr, Sahihul Buxoriy.

Jurnaldagi sahifalar: 987 - 991

Yuklab olish