Muallif: Mustafayev, Ulash Utayevich
Annotatsiya: Maqolada globallashuv jarayonlarining diniy hayotga ko‘rsatgan ta’siri, zamonaviy axborot makoni va migratsiya oqimlari fonida diniy g‘oyalar, amaliyotlar va identifikatsiyaning o‘zgarishi tahlil qilinadi. Globallashuv natijasida diniy qadriyatlarning transmilliy xarakter kasb etishi, diniy harakatlar va yangi sinkretik oqimlarning paydo bo‘lishi, shuningdek, global muammolar radikalizm, ekologik inqiroz va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq ijtimoiy-diniy jarayonlar chuqur yoritilgan. Maqola dinning global jarayonlarda ijtimoiy barqarorlik, ma’naviy yangilanish va madaniy uyg‘unlikni ta’minlovchi omil sifatidagi rolini ochib beradi.
Kalit so'zlar: Globallashuv, din, diniy globallashuv, transmilliy din, radikalizm, migratsiya, axborot maydoni, diniy qadriyatlar, sinkretik oqimlar, yangi diniy harakatlar, global muammolar, ekologiya, iqlim o‘zgarishi, madaniy almashinuv, ijtimoiy barqarorlik, ma’naviy xavfsizlik.
Jurnaldagi sahifalar: 562 - 571