01.05.2026
62
GLOBAL TIL SIYOSATIDA INGLIZ, ISPAN VA O‘ZBEK TILLARI: SOFT POWER VA KELAJAK STRATEGIYALARI

Muallif: Rahmatov, Laziz; Baxronova, Dilrabo

Annotatsiya: Ushbu maqolada global til siyosati doirasida ingliz, ispan va o‘zbek tillarining funksional, lingvokulturologik hamda geosiyosiy xususiyatlari kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda tillarning de facto maqomi, uning yumshoq kuch (soft power) va qattiq kuch (hard power) instrumenti sifatidagi o‘rni nazariy va amaliy jihatdan yoritiladi. Ingliz tilining global lingua franca sifatidagi ustunligi, ispan tilining madaniy ekspansiya orqali ta’sir o‘tkazish modeli hamda o‘zbek tilining milliy-madaniy o‘zlikni shakllantirish va mustahkamlashdagi roli qiyosiy-chog‘ishtirma tahlil asosida o‘rganiladi. Maqolada zamonaviy lingvistik va siyosiy nazariyalar, xususan, til va kuch o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, global kommunikatsiya tizimlari va ko‘p tillilik tendensiyalari ham tahlil qilinadi. Shuningdek, ingliz va ispan tillarining xalqaro tajribasi asosida o‘zbek tilini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari til siyosatini takomillashtirish, madaniy diplomatiyani rivojlantirish hamda global kommunikativ makonda milliy tillarning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: til siyosati, de facto til, yumshoq kuch, qattiq kuch, global kommunikatsiya, ko‘p tillilik

Jurnaldagi sahifalar: 609 - 622

Yuklab olish