20.11.2025
6
GEOGAFIK KO‘RSATKICHLARNING HUQUQIY HIMOYASI

Muallif: To‘rayev, Furqat Xolmatovich

Annotatsiya: Hozirgi kunda O‘zbekiston ning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonlari jadallik bilan davom etayotgan bir vaqtda, geografik ko‘rsatkich (bundan buyon GK deb yuritiladi)larni huquqiy tartibga solish va ularning samarali himoya tizimi bilan ta’minlash masalasi dolzarb bo‘lib bormoqda. Mamlakatimizda GKlarning huquqiy himoyasi tizimida ma‘muriy javobgarlikning o‘rnatilganligi va himoyani kuchaytirish maqsadida jinoiy javobgarlik choralarining o‘rnatilishi GKlarga bo‘lgan huquqni samarali himoya qilish muhim qadam bo‘ldi. Biroq, ushbu usullar bilan bir qatorda, GK huquq egalari tomonidan fuqarolik huquqiy himoya mexanizmlarining to‘liq salohiyatidan foydalanilmayotgani kuzatilmoqda. Ushbu ilmiy maqolaning asosiy maqsadi - GKlarning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirishda ma’muriy, jinoiy va fuqarolik huquqiy vositalarining rolini oshirish masalalarini chuqur o‘rganishdan iborat. Tadqiqotda , qiyosiy hamda normativ huquqiy tahlil metodlari qo‘llanilgan. Asosiy natija shuni ko‘rsatadiki,GK bilan bog‘liq huquq buzilishlariga qarshi samarali kurashish uchun ma‘muriy va jinoiy choralar bilan bir qatorda, geografik ko‘rsatkich egalarining mulkiy va nomulkiy huquqlarini tiklashga qaratilgan aniq fuqarolik-huquqiy himoyasining rolini oshirish zaruriyati mavjud. Maqolada GK huquqiy himoyasini mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: Geografik ko‘rsatkichlar, GKga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish, GKlarga bo‘lgan huquq buzilishi, GKlarga bo‘lgan huquq buzilishlari yuzasidan javobgarlik.

Jurnaldagi sahifalar: 470 - 476

Yuklab olish